+99871-238-64-55
info@tuit.uz
  • Home
  • TUIT Incubation Center

TUIT Incubation Center

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “TUIT INCUBATION CENTER” faoliyati

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “TUIT INCUBATION CENTER” faoliyati

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “TUIT INCUBATION CENTER” faoliyati ilg‘or startap g‘oyalar va innovatsion ishlarni monitoring qilish, tanlash hamda inkubatsiya qilish, dasturiy mahsulot yaratish va amaliyotga tadbiq etish kabi vazifalarini bajaradi. Universitetda faoliyati boshlangan markazda kovorking, Dizayn, robototexnika, dasturchilar uchun maxsus bo‘limlarda talabalar o‘z ilmiy g‘oyalarini amalga oshirish uchun ish olib borchoqdi. Inkubatsiya markazida talabalar uchun ilmiy-texnik g‘oyalarni amalga oshiruvchi kichik innovatsion loyihalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yarib berilgan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “TUIT INCUBATION CENTER” faoliyati boshlagandan buyon korxona va tashkilotlar bilan Memorandumlar imzolash, Talalabarning loyihalarini xorijiy va mahalliy investorlarga taqdimotlari tashkil etish va “IT-Park” yaqin hamkorlikda startap loyihalarni shakllantirish ustida ish olib bormoqda.

Hozirda talabalarning ilmiy-texnik muammolarining yechimiga yo‘naltirilgan ilg‘or va innovatsion ishlanmalar, texnologik loyiha va startap loyihalar bazasini shakllantirish bo‘yicha universitet talabalari bilan hamkorlikda loyihalar shakllantirilmoqda. Ju jumladan bir necha mahalliy korxonalarining dasturiy ta’minotlarini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda. Talabalarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzularini ushbu ilmiy muammolariga yo‘naltirilish va startap loyiha tarzida amaliyotga tadbiq etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “TUIT INCUBATION CENTER” universitetda IT sohasidagi loyihalarni tayyorlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar uchun dasturlashga oid sohalarda talab etiladigan innovatsion yechimlarni amalda tadbiq qilishga imkon yaratish maqsadida yoshlar startap-loyihalarini rivojlantirish uchun xizmat qilish asosiy faoliyat yo‘nalishidir.

Yangiliklar va e'lonlar

Barcha loyihalarni ko'rish
img

Asosiy vazifalar

  • Universitetning professor o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalarining STARTAP loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
  • STARTAP tanlovlar va musobaqalar tashkil etish asosida iqtidorli yosh dasturchilarni saralab olish;
  • “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida malaka oshirgan professor o‘qituvchilar yordamida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarini loyihaga keng jalb etish orqali tajriba va ishtirokchilar sonini oshirish;
  • Inkubatsiya markazi tomonidan universitet va tashkilotlar uchun dasturiy mahsulotlar yaratish hamda amaliyotga joriy qilish;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professor o‘qituvchilari va iqtidorli talabalarini keng jalb etish maqsadida Toshkent IT-park rezidentlari bilan hamkorlikda master-klass, trening, uchrashuvlar va onlayn vebinarlar tashkil etish.

Loyiha va Startaplar