ILMIY TADQIQOT VA TEXNOLOGIYALAR TRANSFERI MARKAZI
Ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazi boshlig‘i::
Berdanov Ulug‘bek Abdumurodovich
Qabul vaqti: Dushаnbаdаn - Jumаgаchа (9-00 - 18-00 gacha)
Telefon: (0 371) 238 64 55
E-mail: itttm@tuit.uz
Texnologiyalar transferi, inkubatsiya va akseleratsiya bo‘lim boshlig‘i:
Maxmudjanov Sarvar Ulug‘bekovich
Qabul vaqti: Dushаnbаdаn - Jumаgаchа (9-00 - 18-00 gacha)
Telefon: (0 371) 238 64 55
E-mail: s.makhmudjanov@gmail.com
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazi.
- Fundamental, amaliy, innovatsion va startap ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini tashkil etish (professor-o‘qituvchilar e’tiboriga yetkazish, tashabbuskor loyihalarni saralash), reja tuzish va amalga oshirish. Shu bilan birga ilmiy-tadqiqot loyihalarni sonini oshirish, ularda yosh olimlarning ishtirokini kengaytirish va ilmiy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalarini hal qilish.
- Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni yuritish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy hujjatlarni (safar bilan bog‘liq, kadrlarni loyihalarga, vaqtinchalik ijodiy guruhlarga taklif etilgan xodimlarni ishga olish va bo‘shatish) rasmiylashtirish, loyihalar smetalarini amaldagi tartiblar bo‘yicha tuzish va mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qilish, loyihalar bo‘yicha hisobotlar monitoringini yuritish.
- Iqtidorli yoshlar o‘rtasida startap va innovatsion loyihalar tanlovini tashkil etish, talabalarning o‘ziga xos ilmiy-texnik g‘oyalarni hayotga tatbiq etuvchi kichik innovatsion loyihalarning samarali faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish.
- Universitetning ilmiy ishlari va tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish.
- Respublika miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkillashtirish.
Xodimlar ro‘yxati:
- Normatov Sh.B– Bosh mutaxassis, elektron hujjat
aylanish tizimi bilan ishlash bo‘yicha maʼsul xodim - Mirzairova I.K.– Bosh mutaxassis, ilmiy loyiha va hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish boʼyicha maʼsul xodim
- Naimov A.T.– Bosh mutaxassis, ilmiy-texnik va
tadqiqot laboratoriyalar boʼyicha maʼsul xodim - Allanyazov R.B.– Yetakchi mutaxassis, patent va mualliflik guvohnomalarini olishga texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha maʼsul xodim
- Eshonkulova F.M.– loyihalar menedjeri, ilmiy loyihalar ishtirokchilari bilan ishlash bo‘yicha maʼsul xodim
- Xayrullayev A.F.– Yetakchi mutaxassis, elektron xujjat aylanish tizimi bilan ishlash bo'yicha ma'sul xodim
- Mavlonov Sh.X.– Yetakchi mutaxassis, ilmiy-texnik va
tadqiqot laboratoriyalar boʼyicha maʼsul xodim
Manzil:
Toshkent 100084, Amir Temur shox ko‘chasi 108 uy
TATU (E blok)
Telefon: (0 371) 238 64 39